AQSH iqtisodiyoti xavfli hududda. Davlat qarzi chegaradan o‘tib ketdi

Tahlil

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida qarz olishga qo‘yilgan cheklov muddati tugadi. Davlat qarzi chegarasi 22 trillion dollarga teng, AQSHning umumiy qarzi esa ayni paytda 28,5 trln dollarni tashkil qiladi. Bu degani, mamlakatning iqtisodiyoti defolt xavfi ostida turibdi. 

Qayd etilishicha, endi AQSH hukumati yangi davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish orqali qarzini ko‘paytira olmaydi. Ular faqat qaytariladigan qimmatli qog‘ozlarni qayta moliyalashtirishi mumkin. Moliya vazirligi obligatsiyalar sota olmaydi. 

AQSH Kongressi qarz chegarasini oshirish yoki qarz olishga qo‘yilgan cheklov muddatini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. “Bloomberg” ekspertlarining fikricha, mamlakat Moliya vazirligi, endi faqat hisoblaridagi 450 milliard dollarlik qoldiqlarga va rejalashtirilgan byudjet xarajatlarini kamaytirgan holda keladigan tushumga tayanishi, shuningdek moliyalashtirish uchun "shoshilinch choralar" ko‘rishi mumkin. 

2021 yil 30 iyuldan boshlab Moliya vazirligi maxsus choralar ko‘rishni boshladi. Masalan, endi bir qator maxsus qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini to‘xtatib qo‘yib, qarz limiti hisoblanmaydigan ba’zi qarz vositalaridan foydalanmoqchi.

Ekspertlarning fikricha, agar noyabr oyigacha davlat qarzining chegarasini oshirish yoki uning o‘sishini to‘xtatish mumkin bo‘lmasa, AQSH odatdagi qarz majburiyatlarini bajara olmaydi va davlat iqtisodiyoti qimmatli qog‘ozlari defoltiga yuz tutadi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHning qarzi 2021 yil mart oyining oxirida – 28 trln dollarni, ya’ni yalpi ichki mahsulotning 101 foizini tashkil qildi va o‘sishda davom etmoqda. Ayni damda uning miqdori – 28,5 trln dollar. Bunday ulkan qarz AQSH tarixida faqat bir marotaba – Ikkinchi jahon urushidan so‘ng hosil bo‘lgan edi. 1946 yilda AQSH qarzi YAIMning 106 foizini tashkil qilgan.

Albatta, pandemiya xarajatlari Vashington byudjetiga ta’sir qilmasdan qolmadi. 2020 yilda byudjet defitsiti 3 baravarga oshib 3,1 trln dollarni tashkil qildi. Qarzni qoplash uchun esa yana obligatsiya chiqarish kerak bo‘ldi.

Xorij ommaviy axborot vositalarida keltirilishicha, kreditorlar so‘nggi vaqtlarda AQSH hukumatining to‘lash qobiliyatini tobora tez-tez shubha ostiga qo‘yishmoqda. Biroz oldin amerikalik milliarderlardan biri, dunyodagi eng yirik xyej-fondi “Bridgewater Associates” asoschisi Rey Dalio uch karrali defitsit - byudjet, savdo balansi va joriy operatsiyalar defitsitini keltirib chiqarishi mumkinligini va bu xorijiy investorlarni butunlay qo‘rqitib yuborishi, oqibatda obligatsiyalar daromadlarining oshishi va dollarning keskin qulashiga olib kelishi mumkin. Bu esa haqiqiy moliyaviy inqiroz bo‘ladi. Uning masshtabi nafaqat 2008 yildagi “krizis” balki 1930 yillardagi “Buyuk depressiyaga” teng bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing