AQSH gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
17 may 2022 7722 1 daqiqa
AQSH Harbiy-havo kuchlari joriy yilning 14 may kuni ilg‘or gipertovushli qanotli raketani (ARRW) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Harbiy-havo kuchlari bayonotida aytilgan.
Raketa sinovi Kaliforniyaning janubiy qirg‘og‘ida amalga oshirilgan. Raketaning tezligi tovush tezligidan besh baravar yuqori bo‘lgan.
“Bu harbiy sohani rivojlantirish guruhi va havo kuchlarimiz uchun katta yutuq bo‘ldi”, deydi AQSH Harbiy-havo kuchlarining qurollar dasturi boshlig‘i Xit Kollinz.
Sinov ushbu qanotli raketaning aviatashuvchidan birinchi marta uchirilishidir.
Aprel oyi boshida Pentagonning ilg‘or tadqiqot loyihalari agentligi Lockheed Martin gipertovushli raketasining sinov parvozlari muvaffaqiyatli o‘tkazilganini e’lon qildi. Sinov paytida raketa 5 Maxdan (1 max – soatiga 5 994,006 kilometr) yuqori tezlikka yetishga muvaffaq bo‘lgan, taxminan 12 kilometr balandlikka ko‘tarilgan va 550 kilometrga yaqin parvoz qilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025