AQSH Germaniyada ukrainalik harbiylarni tayyorlashni boshladi

Olam

image

Amerikalik harbiylar Germaniyada Ukraina harbiylarini jangovar tayyorgarlikdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda AQSH qurolli kuchlarining Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milliga tayanib, "Associated Press" agentligi xabar berdi. 

“AQSH harbiylari tomonidan Ukraina qo‘shinlari uchun yangi kengaytirilgan jangovar mashg‘ulotlar Germaniyada yakshanba kuni boshlandi”, deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, 500 ga yaqin askardan iborat batalyon yaqin besh-sakkiz hafta ichida “jang maydoniga” qaytadi. Agentlik xabariga ko‘ra, Milli bugun, 16 yanvar kuni Bavariyadagi Grafenver poligoniga shaxsan tashrif buyurishni rejalashtirgan. Unga ko‘ra, tayyorgarlikdan o‘tadigan ukrainalik harbiylar bir necha kun avval Ukrainani tark etgan.


Hozircha Pentagon mashg‘ulotlar qachon boshlanishi haqida aniq ma’lumot bermagan. Agentlikning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar allaqachon 3100 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchini qurol-yarog‘ va texnikaning ayrim turlari, jumladan, gaubitsalar, zirhli texnikalar va HIMARS  tizimlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitgan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Olaf Shols va AQSH prezidenti Jo Bayden telefon orqali muloqotda Kiyevga og‘ir harbiy texnika jo‘natishga kelishib olgan edi. Germaniya Marder piyodalarning jangovar mashinalari va Patriot havo mudofaa tizimlarini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing