AQSH G‘azoda doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlamaydi

Olam

image

AQSH G‘azoda doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo “gumanitar pauza”larning uzaytirilishiga qarshi emas. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi. 

G‘arbiy Quddusda isroilliklarga qarshi qurolli hujum G‘azodagi "insonparvarlik pauzasiga" ta’sir qiladimi degan savolga Kirbi zo‘ravonlikning sulh jarayonining cho‘zilishiga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmasligini aytdi.

Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlar G‘azoda doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlamasligini, ammo 7 kunlik "gumanitar pauza" 8, 9, 10 va undan keyingi kunlarga uzaytirilishini istashini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxir-oqibat Isroil va HAMAS ushbu murosani kengaytirish parametrlari bo‘yicha kelishib olishlari kerak.

Jon Kirbi so‘nggi haftada G‘azoga ko‘proq oziq-ovqat, suv, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmasligini va “gumanitar pauzani” uzaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirayotganliklarini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing