AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyadan ketishga chaqirdi

Olam

image

Amerikaning Moskvadagi elchixonasi o‘z fuqarolarini imkoniyat borida Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 28 sentyabr kuni diplomatik missiya saytida xabar berildi.

“AQSH fuqarolari Rossiyaga tashrif buyurmasliklari kerak, Rossiyada istiqomat qiluvchi yoki sayohat qilayotganlar esa tijorat sayohatlari uchun cheklangan imkoniyatlar borlishida mamlakatni zudlik bilan tark etishlari kerak”, deyiladi elchixona xabarida.

Diplomatik missiya Rossiya tomoni “AQSH fuqarolarining ikki fuqaroligini tan olishdan bosh tortishi, bunday shaxslarga Amerika konsullik yordamiga ruxsat bermasligi, Rossiyadan chiqib ketishini taqiqlashi va harbiy xizmatga chaqirishi” mumkinligidan xavotir bildirgan.

Hisobotda qayd etilishicha, hozirda tijoriy reyslar soni nihoyatda cheklangan va ko‘pincha sayohatdan oldin qisqa fursatda chipta sotib olish mumkin emas.

“Mashina yoki avtobusda quruqlikdagi yo‘nalishlar hali ham ochiq. Agar siz Rossiyani tark etmoqchi bo‘lsangiz, imkon qadar tezroq o‘zingiz hal qilishingiz kerak”, deyiladi elchixona xabarida.

Kecha, 27 sentyabr kuni Bolgariya va Polsha o‘z fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi hududini zudlik bilan tark etish va mamlakatga sayohat qilishdan bosh tortish imkoniyati haqida o‘ylashni tavsiya qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiyada safarbarlik boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, rezervda bo‘lgan va tegishli harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Hukumat portalida 35 yoshgacha bo‘lgan oddiy askar va serjantlar, 50 yoshgacha bo‘lgan kichik ofitserlar, 55 yoshgacha bo‘lgan katta ofitserlar birinchi navbatda safarbar qilinishi aytilgan. Safarbarlik ortidan rossiyaliklar ommaviy ravishda vatanini tashlab, xorijiy davlatlarga chiqib ketishni boshladi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik doirasida 300 ming kishini armiyaga olish rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan markaziy osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing