AQSH fuqarolarini Turkiyadagi ehtimoliy teraktlardan ogohlantirdi
Olam
−
30 yanvar 2023 4195 1 daqiqa
AQSHning Turkiyadagi elchixonasi bugun, 30 yanvar kuni amerikaliklarni Istanbuldagi cherkovlar, sinagogalar va diplomatik vakolatxonalarga hujumlar uyushtirilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSH elchixonasi ehtimoliy teraktlar g‘arbliklar tez-tez boradigan hududlarda, xususan, Istanbulning Beyog‘lu, Galata, Taksim va Istiqlol mahallalarida sodir bo‘lishi mumkinligini aytgan. Turkiya hukumati esa ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya hukumati Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasiga aloqador guruhlarning Stokgolm markazida tashviqot namoyishini o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Bundan foydalanib Daniyaning “Qattiq kelishuv” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Qur’onni yoqib yuborgan. Shu sababli Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiyani NATOga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarini buzganlikda ayblagan edi. So‘ngra Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sivilizatsiyalar alyansi bo‘yicha oliy vakili Migel Moratinos Shvetsiyada “Stram Kurs” (“Qattiq kelishuv”) o‘nglar partiyasi yetakchisi tomonidan Qur’onni yoqib yuborilishini keskin qoralab uni musulmonlarga nisbatan nafrat ifodasi deb hisoblashini ta’kidlagan edi.
Alibek Beyjanov
Live
Barchasi