AQSH Eronga qarshi sanksiyalarning bir qismini bekor qilishga tayyorlanmoqda

Olam

image

AQSH Eronga qarshi ba’zi sanksiyalarni bekor qilishga tayyor, ammo barcha cheklovlarni bekor qilishdan bosh tortmoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamentining yuqori martabali vakili jurnalistlar uchun Eron yadroviy bitimi bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralar bo‘yicha maxsus telefon brifingida aytib o‘tdi.

Rasmiyning ta’kidlashicha, Vashington Birgalikdagi Umumiy Harakat Rejasiga zid sanksiyalarni bekor qilishga tayyor.

“Ammo bu AQSH ularning hammasini bekor qiladi degani emas, chunki sanksiyalarning ba’zilari haqiqatga mos”, deydi diplomat.

Shuningdek, u Eronning 2017 yildan keyin kiritilgan barcha sanksiyalarni olib tashlash haqidagi talabini qabul qilib bo‘lmaydigan qaror deb atadi:

“Agar Eron 2017 yildan boshlab barcha sanksiyalar bekor qilinishi kerak, degan pozitsiyasini saqlab qolsa, u holda biz boshi berk ko‘chaga kiramiz”.

Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Venadagi bilvosita muzokaralarda eronliklarga qaysi sanksiyalarni bekor qilishga tayyor ekanliklarini, agar Tehron yadroviy kelishuvga qaytishi shart bo‘lsa, buni aniq ko‘rsatib bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing