AQSH Eron qo‘shnilarini unga qarshi qayramoqchi

Olam

image

AQSH ma’muriyati rasmiylari joriy yilning 13-16 fevral kunlari Saudiya Arabistonida Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi mamlakatlari vakillari bilan Eron tahdidi, havo mudofaasi va terrorizmga qarshi kurash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti ma’lum qildi.

“Amerika idoralararo delegatsiyasi 13-16 fevral kunlari kengash ishchi guruhlari yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi. Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan maslahatlashuvlar uchta ustuvor masala: havo va raketaga qarshi mudofaa va dengiz xavfsizligi, Eron va terrorizmga qarshi kurashga qaratiladi”, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Qayd etilishicha, AQSH delegatsiyasi tarkibiga AQSHning Eron bo‘yicha maxsus vakili Robert Malli, Davlat departamentining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaruvchi Kristofer Lendberg, Mudofaa vazirining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Dana Strovl hamda boshqa diplomatlar va harbiy amaldorlar kiradi.

Ma’lumot uchun, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi 1981 yilda tuzilgan mintaqaviy tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Bahrayn, Qatar, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Saudiya Arabistoni kiradi. U dastlab iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sifatida shakllangan va keyinchalik tashkilot doirasida siyosiy-harbiy masalalar ham muhokama qilina boshlangan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing