AQSH elchisi Rossiyani noma’lum muddatga tark etadi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan bu hafta Amerikaga jo‘naydi, keyin esa yana ortga, Moskvaga qaytadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi Ishlar Vazirligining konsultatsiyalar uchun Vashingtonga uchish taklifiga qaramay, Sallivan Rossiyani tark etish niyatida emasligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Agarda Rossiya tomoni Sallivan Moskvani tark etishini xohlasa, uni “majbur qilish”ga ham to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgandi. 

AQSH Davlat departamenti vakilining aytishicha, Sallivan AQSHga oilasi bilan diydorlashish, avvalroq konsultatsiya qilishga imkoni bo‘lmagan yangi administratsiya xodimlari bilan uchrashish uchun qaytmoqda. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, u yaqin haftalarda Moskvaga qaytadi. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov Rossiya Sallivanga o‘z yurtiga qaytish va u yerda jiddiy, batafsil muzokaralar o‘tkazishni maslahat berganini aytib o‘tgandi. Manbaga ko‘ra, Rossiya va AQSH elchilari vaziyatni tahlil qilish uchun bir muddat o‘z poytaxtlarida bo‘lishi lozimligi sababli shunday tavsiya berilgan.

Ma’lumot uchun, bir necha kun ilgari AQSH Rossiyaga qarshi turli cheklovlar o‘rnatdi, ular 32 nafar jismoniy shaxs va tashkilotlarga, shu bilan bir qatorda Rossiya davlat obligatsiyalari xaridiga ta’sir o‘tkazdi. Bundan tashqari, mamlakatdan 10 nafar rus diplomati chiqarib yuborildi.

Bu vaziyatdan so‘ng, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSHning sanksiyalari ikki davlat xalqi manfaatlari uchun xizmat qilmasligini bildirdi. Javob tariqasida Rossiya Amerikaning o‘nlab diplomatlariga mamlakatni tark etishni taklif qildi. Qisqa muddatli diplomatik vazifalar orqali keluvchi AQSH diplomatlarining tashrifi va mamlakat bo‘ylab harakatlanishi taqiqlandi, nazoratdagi bir qancha Amerika fondlari faoliyati tugatildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov mart oyida muzokaralar uchun Moskvaga taklif qilingandi. 

Qayd etilishicha, Prezident Jo Bayden Putinning AQSH saylovlariga aralashgani uchun “javob berishi”ni ta’kidlaganidan so‘ng, Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan keyingi munosabatni belgilab olmoqchi bo‘lgan.

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing