AQSH delegatsiyasi Dohada “Tolibon” vakillari bilan uchrashadi – “Reuters”
Olam
−
09 Oktabr 2021
3815Joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari AQSH delegatsiyasi Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” harakatining yuqori martabali vakillari bilan uchrashauv o‘tkazadi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
AQSH tomonidan Davlat kotibi o‘rinbosari Tom Uest va USAID vakili Sara Charlz hamda "Tolibon"dan Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mottakiy boshchiligida delegatsiya ishtirokidagi uchrashuvda AQSH Markaziy razveda boshqarmasi ham ishtirok etishi kutilmoqda. O‘z navbatida, “Tolibon” delegatsiyasi a’zolari orasida Afg‘oniston bosh razvedkachisi Abdulhaq Vosiq ham ishtirok etadi.
AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketganidan keyin ilk bor o‘tkazilayotgan ikki tomonlama uchrashuvda rasmiy Vashington vakillari mintaqa qolgan amerikaliklar va boshqa davlat fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilishni muhokama qilishi aytilmoqda.
“Reuters”ga ko‘ra, AQSH diplomatlari fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun toliblarga bosim o‘tkazadi. Ular shuningdek, uchrashuv davomida 2020 yil “Haqqoniy tizimi” tomonidan o‘g‘irlab ketilgan AQSH fuqarosi Mark Freriks taqdiri masalasini ko‘taradi. Katta ehtimol bilan Freriks ozod qilinishi talab qilinadi.
Avvalroq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amirxon Mottakiy bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi