AQSH butun Yevropada harbiy ishtirokini kuchaytiradi – Bayden

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Madriddagi alyans sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qo‘shma Shtatlar butun Yevropada harbiy ishtirokini kuchaytirishini aytdi. Uning chiqishlari NATO saytida efirga uzatildi.

Amerika yetakchisi alyans har tomondan – havoda ham, quruqlikda ham, dengizda ham tahdidlarni qaytarishga qodir bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Baydenning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Yevropaga yana ikkita F-35 qiruvchi samolyot eskadronini yuboradi. Amerikaning Ispaniyadagi bazasida joylashgan esminetslar soni to‘rttadan oltitaga ko‘payadi. Bundan tashqari, Vashington AQSH Qurolli kuchlarining beshinchi armiya korpusi (quruqlik kuchlari) shtab-kvartirasini Polshada joylashtirishi haqida gapirdi.

AQSH rahbari Qo‘shma Shtatlar Boltiqbo‘yi davlatlarida rotatsiyali qo‘shinlar sonini ko‘paytirish niyatidaligini ham aytib o‘tdi.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing