AQSH atom bombani qo‘llagan yagona davlat – Volodin Amerikaga qonli tarixni eslatdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari sayyoradagi yadro qurolini qo‘llagan yagona davlat bo‘lib qolmoqda, shu sabab tinch aholiga atom bombasi tashlangan kunlar Vashington uchun tavba kunlariga aylanishi kerak. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin aytib o‘tdi.

“Qo‘shma Shtatlar sayyoramizda yadro qurolidan foydalangan yagona davlat bo‘lib qolmoqda. 1945 yil 6 avgustda, 77 yil oldin Qo‘shma Shtatlar Xirosimaga atom bombasini tashlagan edi. Uch kundan keyin ular ikkinchi shahar – Nagasakini vayron qildilar. Vaholanki, ushbu shaharlar hech qanday xavf tug‘dirmasdi”, deydi Volodin.

Spikerning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z kuchini ko‘rsatish va butun dunyoni qo‘rqitish uchungina yuz minglab tinch aholini o‘ldirgan.

Volodin “6 va 9 avgust Vashington tinch aholiga qarshi sodir etgan jinoyatlari uchun insoniyat oldida tavba qilish kunlari bo‘lishi kerak”ligini ta’kidlagan.

Duma spikerining fikricha, tarix davomida AQSH siyosati “mustamlakachilik tamoyillari”ga asoslangan. Vashington har doim boshqa davlatlar hisobiga vayron qilgan, o‘ldirgan va yashagan. 

“Xirosima va Nagasakidan keyin Koreya, Vetnam, Yugoslaviya, Afg‘oniston, Iroq, Liviya, Suriya, Ukraina bor edi”, deydi Volodin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

488

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing