AQSH Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha dasturlarini qaytadan boshladi
Olam
−
28 Oktabr 2022
4986Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturlarini yana faollashtirdi. Bu haqda Afg‘oniston bo‘yicha maxsus inspektorning yangi hisobotida aytiladi.
“Davlat departamenti va USAID 2021 yil avgustigacha davom etgan tiklanish dasturlarini qayta ochdi va qashshoqlik, ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik, iqtisodiy stressga qarshi kurashish hamda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa dasturlarga yangi mablag‘ ajratdi”, deyiladi hisobotda.
Shuningdek, Afg‘onistonda sog‘liqni saqlash sohasi mablag‘ va malakali kadrlar yetishmasligiga duch kelayotgani qayd etilgan.
“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, sog‘liqni saqlash sohasi mablag‘ tanqisligiga duch keldi, chunki Afg‘oniston sog‘liqni saqlash sohasini xalqaro ko‘mak va hukumat tomonidan moliyalashtirish darhol to‘xtatildi. Jahon banki o‘zining "Sehatmandi" dasturini moliyalashtirishni to‘xtatdi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimini inqiroz yoqasiga olib keldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, o‘tgan yilning avgust oyida “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgach, aksariyat xalqaro tashkilotlar yangi hokimiyat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan edi. “Tolibon” hukumati dunyoning hech bir davlati tomonidan tan olinmagan. Biroq bir qator davlatlar, xususan, O‘zbekiston ham “Tolibon” bilan gumanitar masalalarda hamkorlik qiladi.
LiveBarchasi