AQSH Abramovichning ikki samolyotini musodara qilmoqchi

Olam

image

Nyu-York federal sudyasi AQSH Adliya vazirligining rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichning ikki samolyotini hibsga olishiga ruxsat beruvchi orderini imzoladi. Bu haqda dushanba kuni CNBC telekanali xabar berdi.

Telekanalning yozishicha, gap Abramovichning Boeing 787-8 Dreamliner va Gulfstream G650EP samolyotlari haqida ketmoqda.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Boeing 787-8 Dreamliner Dubayda, Gulfstream G650EP esa Rossiyada.

Qo‘shma Shtatlar haligacha Roman Abramovichni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmagan, biroq mart oyida AQSH moliya vaziri Jannet Yellen CNBC telekanaliga bergan intervyusida rossiyalik tadbirkorga nisbatan cheklovlar joriy etilishini istisno qilmasligini aytdi.

10 mart kuni Roman Abramovich Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. 15 mart kuni Yevropa Ittifoqi tadbirkorga nisbatan cheklovlar joriy qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing