AQSH 5 yil deganda Rossiyadagi xakerlar tarmog‘ini yo‘q qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Buyuk Britaniya, Germaniya va Niderlandiya bilan birgalikda RSOCKS deb nomlangan Rossiyada joylashgan botnet (xakerlar tomonidan boshqariladigan kompyuterlarning keng tarmog‘i) faoliyatini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi ma’lum qildi.

“AQSH Adliya vazirligi Germaniya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyadagi huquq-tartibot idoralari hamkorlari bilan birgalikda butun dunyo bo‘ylab millionlab kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalarga buzib kirilgan RSOCKS deb nomlanuvchi rus botneti infratuzilmasini yo‘q qildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, xakerlik tarmog‘iga qarshi kurash operatsiyasi 2017 yilda boshlangan. O‘sha vaqtda Amerika rasmiylari kiberjinoyatchilar 325 mingga yaqin elektron qurilmalarni buzib kirganini aniqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

602

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing