AQSH 2013 yilda qonli terakt sodir etgan jinoyatchini Turkiyaga topshirdi 

Olam

image

AQSH 2013 yilda Turkiyaning Reyhanli shahrida sodir etilgan qonli teraktning tashkilotchisi deb hisoblangan, Amerika qamoqxonalaridan birida jazo o‘tayotgan Mehmet Gezerni Turkiyaga ekstraditsiya qildi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Boshqarmaning eslatishicha, Reyhanlidagi teraktni rejalashtirgan Yusuf Nazik so‘roq paytida Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan Mehmet Gezerdan ko‘rsatma olganini aytgan.

Qo‘shma Shtatlarda narkotik moddalarni saqlash va sotishda ayblangan Gezerni Turkiyaga topshirish talabi AQSH rasmiylari tomonidan ma’qullangan. Gezer AQSH xizmatlari xodimlari hamrohligida Istanbulga olib ketilgan va u yerda prokuratura vakillariga topshirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Mehmet Gezer 1967 yil 9 mayda Antakyada tug‘ilgan.

Turkiyada u Jinoyat kodeksining 17-moddasi, terrorchilik tashkilotiga aloqadorlik, davlat birligi va yaxlitligiga putur yetkazishga urinish uchun qidiruvga berilgan edi.

2013 yilda Turkiya janubidagi Hatay viloyatining Reyhanli shahrida shahar hokimiyati va pochta bo‘limi yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgan. Ikki marta qilingan hujum natijasida 53 kishi halok bo‘lgan, 912 bino va 148 ta mashina zarar ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing