AQSH hisobot e’lon qiladi: Qoshiqchi masalasi yana yuzaga chiqmoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarda saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining qotilligi bo‘yicha tergov e’lon qilinganligi sababli kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “The Washington Post” yozmoqda.

Manbalarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati kelasi hafta o‘z hisobotini e’lon qilmoqchi. Unda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning Qoshiqchini o‘ldirishga “buyurtma bergani”ga aloqadorligini ko‘rsatadigan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yilning 7 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni sudi dissident saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirishda ayblangan sakkiz kishini qamoq jazosiga hukm qildi. Sudyalar qotillarni qatl qilish haqidagi qarorlarini o‘zgartirdi. Avvalroq ularning besh nafari o‘lim jazosiga tortilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing