AQSH harbiy samolyotlari Rossiya va Belarus chegaralari yaqinida razvedka o‘tkazdi
Olam
−
12 iyul 2021
5580Bugun, 12 iyun kuni Amerika razvedka samolyoti Rossiya va Belarusning g‘arbiy chegaralarida uzoq parvozni amalga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ruminiyaning Konstansa port shahri yaqinidagi Mixail Kogalnicheanu nomidagi aeroportdan havoga ko‘tarilgan, Kaliningrad viloyatining janubiy chegarasi va Belarusning g‘arbiy chegarasi bo‘ylab sayohat qilgan AQSH armiyasining “Bombardier Challenger 650 ARTEMIS” razvedka va nishonga olish samolyotlari, olti soat davomida Polsha havo hududida bo‘ldi.
ARTEMIS bu ko‘p funksional razvedka va nishonga olish tizimidir. Bu balandlikdan dushman nishonlarini aniqlash imkoniyatini taqdim etadi. 12 km balandlikdan ARTEMIS samolyoti yuzlab kilometrlarni barcha yo‘nalishlarda skanerlashi, quruqlikdagi va dengizdagi nishonlarni aniqlashi va ularning harakatini kuzatishi, radioaloqalarni tinglashi va dushman radarlarining joylashuvini aniqlashi mumkin.
LiveBarchasi