AQSH harbiy kema sinovi uchun kuchli portlash uyushtirdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH harbiy dengiz floti yirik samolyot tashuvchi kemasining jangovar sharoitlardagi chidamliligini sinash maqsadida dengizda katta portlashni amalga oshirdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, AQSH harbiy-dengiz kuchlari mamlakatning sharqiy sohillarida “Full Ship Shock Trials” mashg‘uloti doirasida harbiy kemani sinovdan o‘tkazdi. Unda “USS Gerald R. Ford” nomli harbiy samolyot tashuvchi kemaning jangovar sharoitlarga bardosh bera olish qobiliyatini sinash maqsadida 40 ming funt (18 tonna) keluvchi portlovchi moddadan foydalanildi.

AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Florida shtatidagi Daytona sohilidan 100 mil uzoqlikda 40 funtli bombaning portlashi natijasida 3,9 balli zilzila qayd etilgan. Sinovlar tugagandan so‘ng, kemani modernizatsiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun quruq joyga qaytariladi.

Ma’lumotga uchun, ushbu kema AQSHning 38-prezidenti Jerald R.Ford nomi bilan atalgan. Kema qurilishi 2009 yilda boshlangan. 2017 yil 8 aprel oyida aviatashuvchi kema dengizga yo‘l olgan va 31 mayda AQSH dengiz kuchlariga kiritilgan. “USS Gerald R. Ford” kemasining uzunligi 337 metr, kengligi 41-78 metr, balandligi esa 76 metr. Soatiga 56 km tezlikda harakatlanadigan harbiy kema 4660 nafar ekipajdan iborat.

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

326

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing