”Airbus” O‘zbekistonga 4 ta yangi vertolyot yetkazib beradi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“Uzbekistan Airways” milliy aviatashuvchining sho‘’ba kompaniyasi bo‘lgan “Uzbekistan Helicopters” vertolyot operatori “Airbus”ning to‘rtta bir dvigatelli vertolyotlari – ikkita H125 rusumli va ikkita H130 rusumli vertoletlarini yetkazib berish to‘g‘risida buyurtma rasmiylashtirdi. Vertoletlarni yaqin oy ichida yetkazib berish rejalashtriilgan.

“Hozirgi paytda uchuvchilar “Uzbekistan Helicopters” muhandislari va texnik xodimlari bilan birgalikda mazkur modellardan foydalanish tajribasini o‘zlashtiryapti. ”Airbus”ning H125 va H130 vertoletlari arzon va sifatli parvoz xizmatlari tufayli aholining harakatchanligini oshiradi”, deya ta’kidladi “Uzbekistan Helicopters” rahbari Aziz Safiullin.

“Airbus Helicopters”ning O‘zbekistondagi sotuv ishlari bo‘yicha direktori Romen Lana bu “Airbus”ning O‘zbekiston Hukumati bilan hamkorligining yangi bosqichi hisoblanadi. “Ecureim” oilasiga kiruvchi ko‘pfunksionalli va ishonchli vertoletlari mamlakat iqlimi talablariga to‘liq javob bera olishi ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, “Ecureim” oilasiga kiruvchi boshqa vakil sanalmish H130 rusumli yengil bir dvigatelli vertolyot VIP va yo‘lovchi tashish, sayyohlik parvozlarini amalga oshirish, sanitar aviatsiyasi va kuzatuv operatsiyalariga mo‘ljallangan. Ko‘p maqsadli keng salonli H130 ni bir nafar pilot boshqarishiga qaramay, tana hajmiga qarab, yetti nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing