Aktrisa Aida Yunusova vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 21 yanvar kuni taniqli aktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshda olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi xabar berdi.

Aida Yunusova 1948 yilda Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1970 yili teatr va rassomchilik institutining drama teatri va kino fakultetini tamomlagan. Talabaligining oxirgi kursida rejissyorlar e’tiboriga tushib, kinoga taklif qilingan.

Aktrisa uzoq vaqt davomida turli rollar ijro etgan. Jumladan, “Ajoyib xayolparast”, “Chinor ostidagi duel”, “Olovli yo‘llar”, “Oltin kuz”, “Mehrigiyo”, “Zulmatni tark etib”, “Karvon”, “Anor”, “Birinchi yo‘lovchilar” kinokartinalarida qatnashdi.

Aktrisa sifatida 1989 yilgacha “O‘zbekfilm”da faoliyat ko‘rsatdi. Shundan so‘ng kinoni tark etdi. Ma’lum tanaffusdan so‘ng yana kinoga qaytdi va ekranda ko‘rina boshladi. Aida Yunusova og‘ir xastalikni boshdan kechirgandi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumaning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Aida Yunusova

Baholaganlar

574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar