Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga vaqtincha gaz quyish taqiqlandi. Ai-80 markali benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilindi. Bu bo‘yicha ayni vaqtda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kutilayotgan natijalar va energetikadagi vaziyat bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda topshiriq berildi. 

Yig‘ilishda yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Jumladan:

  • tovar gaz yetkazib berish hajmini sutkasiga 5 million kub metrga oshirish;
  • 2023 yil 1 martga qadar davlat idoralari tasarrufidagi siqilgan gazda harakatlanadigan avtomobillardan foydalanishni taqiqlash, ularni benzinga o‘tkazish;
  • xorijiy davlatlar bilan qo‘shimcha tabiiy gaz, elektr energiyasi, ko‘mir, mazut xarid qilish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish;
  • 2 oy muddatga Ai-80 benzini importi uchun aksiz solig‘i va uni chakana sotish uchun aksiz solig‘ini hisoblash va undirishni to‘xtatib turish;
  • birja sotuvlariga qo‘yilayotgan Ai-80 benzining kunlik hajmini oshirish;
  • Ai-80 benzini narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, narx oshishi boshlang‘ich narxning 5 foizidan ortiq bo‘lmasligini ta’minlash.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing