«Agrobank» — O‘zbekistondagi birinchi mobil bank ofisi
Biznes
−
21 aprel 2021
7236Joriy yilning 20 aprel kuni “Agrobank” ATB tomonidan “Tashkent City” xududida “Mobil bank ofisi: tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlari rivojlanishning yangi bosqichida” mavzusida press-tur o‘tkazildi. Unda “Agrobank” ATB Bosh ofisining rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz moliya-bank sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ham transformatsiya jarayonlari jadallik bilan olib borilyapti hamda aholi va bank mijozlariga tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Bu borada bank xizmatlari va mahsulotlari qulayligini oshirish, zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish bo‘yicha rivojlangan xorijiy banklar tajribasini muntazam o‘rganilib kelinmoqda.
Ayni shu jarayonda xorijiy “Sberbank” va “Ziraatbank” tajribasi asosida xizmat ko‘rsatish hududini o‘zgartira oladigan mobil ofislar faoliyati o‘rganib chiqildi. Bankning uzoq yillik rivojlanish strategiyasi va transformatsiya jarayonlarida ham bank tomonidan mobil ofislar faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan.
Ushbu mobil ofis jismoniy shaxslarga ko‘plab bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Xususan, bankomatdan naqd pul olish, plastik kartalarni to‘ldirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, bir martalik to‘lovlar, Uzcard va HUMO plastik kartalari ochish, kredit olish bo‘yicha ariza qoldirish va boshqa bank xizmatlarini taqdim etadi.
Mazkur mobil ofisni tashkil etish maqsadida “Agrobank” respublikamizdagi tijorat banklari ichida birinchilardan bo‘lib yurtimizda ishlab chiqarilayotgan ISUZU HD 50 avtobusini belgilangan qonunchilik asosida qo‘shimcha texnik jihozlash natijasida masofa tanlamas ko‘chma bank ofisini yaratdi.
Toshkent shahrida “Agrobank mobil ofisi” ISUZU HD 50 rusumli avtobusda tashkil etilib, sinov tariqasida xizmat ko‘rsatish shay holatga keltirilgan. Avtobus barcha kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlangan.
“Agrobank” kelgusida ham aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bank xizmatlari sohasini rivojlantirish va interaktiv xizmatlarni yanada rivojlantirish yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shaveradi.
“Agrobank” ATB Matbuot xizmati
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi