Agrobank bolalarga mehr ulashdi

Biznes

image

Kecha, 3 may kuni “Agrobank” ATB Bosh ofisi xodimlari Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida “Mehr ulashing” nomli donorlik xayriya aksiyasini o‘tkazdi.

Ushbu aksiya Muqaddas Ramazon oyi arafasida bank xodimlarini ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemor bolalarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Qon xastaliklari, jumladan, og‘ir darajadagi kamqonlik, qon saratoni (leykoz), qon ivish tizimi ishining buzilishi (gemofiliya) kabi kasalliklar bilan og‘rigan bolalar, albatta, donorlar ko‘magiga muhtoj. Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida ham shu turdagi kasalliklar bilan og‘rigan bolalar qalbida ezguliklar bilan yashaydigan insonlar – donorlar muruvvatidan bahramand bo‘lmoqda.

Aksiya doirasida Agrobankning 70 dan ortiq xodimlari bemor bolalar holidan xabar oldilar. Ishtirokchilar Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida  bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, donorlar tomonidan qon topshirish va u erda qonning saqlanishi, sog‘likni saqlash muassasalarida ishlatilishi va shu kabi muhim jarayonlar haqida yaqindan tanishishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, donorlar qoni bilan bemorlar hayotini saqlab qolish va aholining qonga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, favqulodda holatlarda, murakkab jarrohlik amaliyotlarida, patologik tug‘ruq jarayonlarida va jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniladi. 

“Mehr ulashing” aksiyasi tadbirida bank xodimlari bemor bolalar uchun qon topshirib, donor bo‘ldilar. Shuningdek, bank tomonidan bemor bolalarga 200 dan ortiq turli janrdagi kitoblar va har xil o‘yinchoqlar ulashildi. Yakunda bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Bu kabi tashabbuslar og‘ir bemor bolalar va ularning oilalarini ham ruhiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, mehr ulashish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

 

Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: instagram.com/agrobank_uz
Feysbuk: fb.com/agrobankuzbekistan

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

4

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing