“Agent 007”dan Tom Kruzgacha! Gollivudning eng serdaromad aktyorlari kim?

Olam

image

“Variey” nashri Gollivudning eng ko‘p maosh oladigan aktyorlari reytingini e’lon qildi. Ingliz aktyori Deniel Kreyg “Qinidan chiqqan pichoqlar” detektiv filmidagi roli uchun olgan maoshi tufayli reytingda birinchi o‘rinda qayd etildi. Aktyor ushbu filmdagi roli uchun Netflix striming xizmatidan taxminan 100 million dollar olgan.

Gollivudning eng ko‘p gonorar oladigan aktyorlari to‘liq ro‘yxati bilan tanishing:

Deniel Kreyg — 100 million dollar (Qinidan chiqqan pichoqlar)
Dueyn Djonson — 50 million dollar (“Qizil xabarnoma”).
Uill Smit — 40 million dollar (“Qirol Richard”)
Denzel Vashington — 40 million dollar (“Iblis tafsilotda”)
Leonardo DiKaprio —30 million dollar (“Yuqoriga qaramang”)
Mark Uolberg —30 million dollar (“Spenser adolati”)
Jennifer Lourens — 25 million dollar (“Yuqoriga qaramang”)
Julia Roberts — 25 million dollar (“Dunyoni ortda qoldiring”)
Sandra Ballok — 20 million dollar (“Yo‘qolgan shahar D”)
Rayan Gosling — 20 million dollar (“Kulrang odam”)
Kris Xemsvort—20 million dollar (“Tor 4: Sevgi va momaqaldiroq”)
Bred Pitt — 20 million dollar (“Tezyurar poyezd”)
Maykl B. Jordan — 15 million dollar (“Rahm-shafqat yo‘q”)
Tom Kruz —13 million dollar (“Top Gun: Maverick”)
Kianu Rivz — 12-14 million dollar (“Matritsa 4”)
Kris Payn — 11,5 million dollar (“Zindonlar va ajdaho”)
Robert Pattinson — 3 million dollar (“Betmen”)
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing