Ag‘darilib ketgan Nexia: haydovchi onasining o‘limiga sababchi bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
24 Sentabr 2021
13924Navoiy viloyatining Nurota tumanida haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi ortidan Nexia-2 avtomobili ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida avtomobil salonida bo‘lgan 75 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Jizzax viloyatiga tegishli bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomobil Forish–Nurota yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotib, haydovchi tezlikni hisobga olmagani ortidan yo‘lning xavfli burilish qismida ag‘darilib ketgan.
YTH oqibatida avtomobil salonida bo‘lgan haydovchining 1946 yildan tug‘ilgan onasi voqea joyida vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Nurota tumani ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi