Agar Xitoy qo‘shilmasa, Rossiya eksportni taqiqlaydi
Olam
−
15 avgust 2019
5756“Rossiya, agar Pekin Rossiya hududida noqonuniy daraxt kesish muammosini hal qilishga qo‘shilmasa, Xitoyga o‘tin eksportini butunlay taqiqlashi mumkin”, dedi tabiiy resurslar vaziri Dmitriy Kobilkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda .
Vazir xitoylik hamkasblar bilan jiddiy ish olib borilayotganini ta’kidladi va shaxsan o‘zlarining huquq-tartibot idoralaridan "qora kesuvchilar" muammosini hal qilishda ishtirok etishlarini so‘radi.
"Agar Xitoy ushbu muammoni hal qilishga qo‘shilmasa, unda biz eksport qilishni butunlay taqiqlashdan boshqa choramiz qolmasligini aniq tushunishi kerak. Xitoy tomonidan aniq qadamlar ko‘rilsa, biz bu muammoni yengamiz", dedi Kobыlkin. Uning ta’kidlashicha, Rossiya bilan birgalikda chegara hududida naslchilik va urug‘chilik majmualari barpo etish va ko‘chat materiallari yetishtirishni taklif qilmoqda. Shuningdek, u Rossiyada tabiiy yong‘inlarning ko‘lami va sonini kamaytirish uchun Tabiiy resurslar vazirligi qanday choralar ko‘rayotganini aytib o‘tdi.
"Biz Bosh vazir bilan muhokama qiladigan katta dasturni tayyorlamoqdamiz. Ishonchim komilki, ob-havo stansiyalari sonini ko‘paytirishimiz kerak. Biz maksimal prognozlash va ogohlantirishni amalga oshirishimiz, kichik samolyotlardan foydalanishimiz va masofadan turib kuzatishni ylga qo‘yishimiz kerak", - deya qo‘shimcha qildi Kobыlkin.
LiveBarchasi