Afsonaviy Emelyanenko faoliyatidagi so‘nggi jangini o‘tkazadi

Sport

image

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Fyodor Emelyanenko amerikalik Rayan Beyder bilan Bellator chempionlik kamari uchun revansh jangini o‘tkazadi. Bu rossiyalik sportchi faoliyatidagi so‘nggi jang bo‘ladi. 

Ushbu bahsdan so‘ng Fyodor bor e’tiborini Rossiya MMA ittifoqida ishlashga va o‘z jamoasi jangchilarini tayyorlashga qaratmoqchi.

Ma’lumot uchun, Emelyanenko va Beyder o‘rtasidagi dastlabki jang 2019 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan va jangda Beyder "so‘nggi imperator"ni nokautga uchratgan edi.

Emelyanenko oxirgi to‘qnashuvlarida Kvinton Jekson va Timoti Jonson ustidan g‘alaba qozongan edi. Beyder esa og‘ir vazn toifasidagi chempionlik unvonini Vadim Nemkovga boy bergan bo‘lsa, Valentin Moldavskiy va Cheyk Kongoga qarshi janglarda g‘alabani qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Beyder Fyodr

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar