Afsonaviy Tu-134 yo‘lovchi samolyoti so‘nggi parvozini amalga oshirdi

Texnologiya

image

Ushbu samolyot parvozni yakunlagach Novosibirskdagi Aviatsiya va kosmanavtika muzeyiga jo‘natilgan. 

“Irkutsk” xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Tu-134 samolyoti so‘nggi parvozini amalga oshirgan. Ushbu samolyot 1980 yilda ishlab chiqarilgan va 40 yil davomida parvoz qilgan.

Tu-134 samolyotini 1966 yildan seriyali ishlab chiqarish boshlangan. 

Aviation Safety Network ma’lumotiga ko‘ra, Tu-134 samolyotlarining 78 tasi turli sabablarga ko‘ra halokatga uchragan. Ulardan 10 tasi harbiy harakatlarda, 2 tasi esa terakt oqibatida yo‘q qilingan. Ushbu halokatlarda 1494 kishi hayotdan ko‘z yumgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing