Afsonaviy teleboshlovchi Larri King vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
23 yanvar 2021 7065 1 daqiqa
Afsonaviy teleboshlovchi Larri King bugun, 23 yanvar kuni, 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilingan.
King bugun, 23 yanvar kuni ertalab Los-Anjelesdagi Sidars-Sinay kasalxonasida vafot etgan. Yanvar oyi boshida teleboshlovchi koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.
Amerikalik televizion yulduzning yuragi bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan. U uch marta yurak xurujiga uchragan. Oxirgi marta huruj 2019 yilda sodir bo‘lgan.
Larri King Nyu-Yorkda Avstriya va Belarusdan kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgan. Teleboshlovchi 1985 yildan 2010 yilgacha olib borgan CNN telekanalidagi “Larry King Live” tok-shousi tufayli mashhur bo‘ldi. Dasturning o‘zi Ginnesning rekordlar kitobiga almashtirilmaydigan xost bilan eng uzoq davom etgan shou sifatida kiritildi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr