“Afrosiyob” tezyurar poyezdi Rossiyadan O‘zbekiston tomon yo‘l oldi

Jamiyat

image_2021-07-21_21-31-44

Avvalroq Ispaniyaning Bilbao portidan yo‘lga chiqqan “Afrosiyob” poyezdi, ya’ni 2 ta lokomotiv va 11 ta vagon, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema Rossiyaning Sankt-Peterburg portiga yetib kelgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 21 iyul kuni “O‘ztemir yo‘lyo‘lovchi” Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Ispaniyadan olib kelinayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi vagon va lokomotivlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekistonga yo‘l olgan.

Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur poyezdni O‘zbekistonga olib kelishga hozirlagan. Joriy yil 20 iyul kuni Afrosiyob poyezdi Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqqan.

Ma’lumot uchun, “Afrosiyob” poyezdlarini sotib olish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, 2021 yilning dekabriga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi Talgo-250 rusumli yo‘lovchi elektr poyezdi hamda 4 ta “ekonom” toifali vagon xarid qiladi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2021 yilda yirik ishlab chiqarish ob’ektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli dasturda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun jami investitsiyalar hajmi 696,2 million AQSH dollarini tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

940

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing