Afroamerikalikning o‘limi “qimmatga tushdi” 

Olam

image

AQSHning Filadelfiya shahridagi tartibsizliklar davomida mingga yaqin kishi do‘konlarni talab ketdi.

Ushbu tartibsizliklar afroamerikalik Uolter Uollesning o‘limidan so‘ng boshlangan. 

26 oktyabr kuni yonida pichog‘i bor deb gumon qilingan Uolter Uolles politsiyachilar tomonidan bir necha bor ogohlantirishlardan so‘ng otib o‘ldirilgan. Shundan so‘ng Filadelfiyada boshlangan norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketgan.

"Mingga yaqin kishidan iborat olomon Aramingo-avenyu va Kastor-avenyu rayonlaridagi xususiy korxonalarni taladi", deyilgan xabarda.

Politsiya tartibsizliklar yuz bergan hudud yaqinidagi yettita rayon aholisiga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgan.

Filadelfiya politsiyasi boshlig‘i Daniel Autloning ma’lum qilishicha, kecha tunda sodir etilgan tartibsizliklar vaqtida 30 nafar politsiya xodimi jarohatlangan, 91 kishi qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing