Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum qilindi

Sport

image

Afrika futbol konfederatsiyasi 2021-2022 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar futbolchilarning nomini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan Sadio Mane (“Bavariya” va Senegal), Riyod Mahrez (“Manchester Siti” va Jazoir), Muhammad Saloh (“Liverpul” va Misr), Karl Toka-Ekanbi (“Lion” va Kamerun), Vensan Abubakar (“An-Nasr” va Kamerun), Sebastyan Aller (“Borussiya D” va Kot-d'Ivuar), Nabi Keyta (“Liverpul” va Gvineya), Ashraf Hakimi (PSJ va Marokash), Eduar Mendi (“Chelsi” va Senegal) va Kalidu Kulibali (“Napoli” va Senegal) kabi futbolchilar o‘rin olgan.

Shuningdek, yilning eng yaxshi terma jamoasi sovrini uchun Burkina-Faso, Kamerun, Misr, Marokash va Senegal kurash olib bormoqda.

G‘oliblar konfederatsiya texnik qo‘mitasi, jurnalistlar, bosh murabbiylar terma jamoa sardorlarining ovoz berish natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, CAF Awards 2022 sovrinini topshirish marosimi 21 iyul kuni Marokashda bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing