Afrikalik bokschi jangdan so‘ng komaga tushib qoldi (video)

Sport

image

Janubiy afrikalik 24 yoshli bokschi Simiso Butelezi WBF qit’alararo kamari uchun Sifesixle Mntungvaga qarshi jangdan so‘ng, komaga tushdi. Bu haqda “Daily Express” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mntungva jangning 10-raundida arqon ortiga yiqilib, keyin kurashni davom ettirish uchun o‘rnidan turdi. Biroq Butelezi adashib, havoda zarba berib, raqibdan boshqa tomonga ketdi. Shundan so‘ng, hakam darhol jangni to‘xtatdi va Butelezining mag‘lubiyatni ko‘rsatdi.

Simisoning murabbiyi Beki Mngomezuluga ko‘ra, hozirda shogirdi koma holatida va uning ahvoli juda og‘ir.

“Hech qanday o‘zgarishlar yo‘q.  Butelezi komada, gapirmaydi va qimirlamaydi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, boshiga urilgan zarbadan keyin uning miyasida qon trombi paydo bo‘lgan”, degan Beki Mngomezulu.

Avvalroq, germaniyalik 38 yoshli bokschi ringda vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing