Afrikada chaqmoq 10 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Sport

−

image

Afrikaning Uganda davlatida 10 nafar futbolchi yoshlar yashin urishi natijasida vafot etishdi. Bu haqda “LADBible” politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ushbu mudhish voqea joriy yilning 27 avgust kuni 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 14 nafar bola Aura shahri yaqinida futbol o‘ynayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Yashin urishi oqibatida birdanga 9 bafar bola halok bo‘lgan. O‘ninchi qurbon esa shifoxonaga ketayotganda jon bergan. 4 nafar bola jarohatlangan.

Mahalliy politsiyada yuz bergan voqeani “ayanchli va qayg‘uli hodisa” deya baholashdi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Musa Ekveruning so‘zlariga ko‘ra, yuz bergan voqeada muhandislar aybdor: ular bino tomiga yashinqaytargich o‘rnatishi kerak bo‘lgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing