Afrika go‘zallari: dunyoga mashhur qora tanli xonimlar beshligi

Tahlil

image

1965 yil 31 iyul kuni Afrika mamlakatlarida gender tengligini targ‘ib qilish bo‘yicha tajriba almashish va harakatlarni rejalashtirish uchun Pan Afrika ayollar tashkiloti tuzilgan. Shu sababli har yili 31 iyul butun dunyoda “Afrika ayollari” kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. 

Uzoq yillar davom etgan qullik va zulmdan so‘ng, afrikalik ayollar haqli ravishda jamiyatda o‘z o‘rnini topdi, huquqlarini tanidi. Ba’zilari xalqaro podyumlarda chiqib, tabiiy go‘zalligi bilan ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa, ba’zilari ziyrakligi va topqirligi sabab davlat tashkilotlaridagi ma’sul lavozimlarga munosib ko‘rildi. Bugunga kelib qora tanli xonimlar xalqaro tashkilotlarda ham faoliyat yurityapti. 

Bugun biz siz bilan dunyoni hayratga solgan, eng go‘zal Afrikalik ayollar ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz.

Agbani Darego


Nigeriyalik modeler — 2001 yilda “Dunyo go‘zali” unvonini qo‘lga kiritgan birinchi qora tanli afrikalik ayol. Xuddi o‘sha yili u “Koinot go‘zali” xalqaro tanlovida yettinchi o‘rinni egallagan. Shundan so‘ng, modeler Darego Lagos shahri boshliqlari kengashi tomonidan “Faxriy boshliq” unvoni bilan taqdirlanib, mamlakatning eng yosh boshliqlaridan biriga aylangan. 

Liya Kebede


Kebede — efiopiyalik modeler, dizayner va aktrisa. “Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, u 2007 yilda dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan modellar ro‘yxatida 11-o‘rinni egallagan. 2005 yildan boshlab Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ona va bola salomatligi bo‘yicha elchisi lavozimida ishlagan.

Flaviana Matata


Afrikalik top model sifatida tanilgan dunyodagi eng yuqori maosh oluvchi beshta afrikalik modellardan biridir. Hayotdagi faol pozitsiyasi tufayli Afrikaning eng muhim ayollaridan hisoblanadi. Ayni damda Flaviana Afrika mamlakatlari rivojlanishi uchun sarmoyalarni jalb qilib, qit’a muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratib kelmoqda.

Tanya Manganui


Manganui Zambiyada tug‘ilgan, Janubiy Afrikaning eng yaxshi modelidir. Tanya tanasining o‘ziga xos “yorqin” rangi va nozik yuz xususiyatlari bilan ajralib turadi. U har xil davlatlarda ishlagani sabab muqim ish joyga ega emas.

Sharam Diniz 

Somalining qora marvaridi bo‘lgan Sharam Diniz butun dunyo dizaynerlik uylarining mehrini qozona olgan va dunyoga mashhur bo‘lgan brend “Victoriaʼs Secret”ning moda ko‘rgazmasida ishtirok etgan. U modellashtirish biznesida ajoyib kapitalga ega. Shuningdek, Diniz o‘z tug‘ilgan yurti — Botsvanaga sayyohlarni jalb qilishning qiziqarli rejasi va individual, eksklyuziv ekskursiyalarini ishlab chiqib, vatanini ko‘kalamzorlashtirish uchun ekologik loyihani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

562

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing