Afg‘onistonga AQSH vakillari tashrif buyuradi
Olam
−
29 yanvar 2021
2699AQSHning bir guruh rasmiylari Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun Kobulga keladi. Bu haqda Afg‘oniston Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani Aspen xavfsizlik forumida, video formatdagi nutqi paytida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar bir guruh xodimlarni Kobulga jo‘natmoqchi.
“Shuningdek, mojarolarni biz tinch yo‘l bilan hal qilish jarayonini tezlashtirish, belgilangan maqsadga erishishni ta’minlash bo‘yicha videoaloqa orqali maslahatlashuvlar o‘tkazamiz”, deya qo‘shimcha qildi G‘ani. Afg‘oniston Prezidenti AQSH Prezidenti Jo Baydenning telefon qo‘ng‘irog‘ini kutayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Afg‘onistondagi vaziyatga e’tiborini kuchaytirishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi