Afg‘onistondan O‘zbekistonga raketa otganlar qo‘lga olindi (video)

Olam

image

Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga raketalar uchirgan guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.

“O‘tgan kechada Qunduz shahrining Imom Sohib tumani Qanjag‘e hududida Islom Amirligi maxsus topshiriqlar bo‘linmasi xorijiylar markazini aniqladi va yo‘q qildi.

Bu operatsiya davomida uch nafar xorijiy o‘ldirildi va besh nafari tirik qo‘lga olindi”, degan Mujohid.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning transport vositalari va qurollari olib qo‘yilgan.

“Bir muddat oldin ular O‘zbekiston va Tojikistonga raketadan zarba bergandi”, deya so‘zini yakunlagan "Tolibon" vakili.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyul kuni soat 16:20 da O‘zbekiston hududiga Afg‘oniston tomonidan 5 ta raketa kelib tushdi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonning vakolatli organlari Afg‘oniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Shundan so‘ng, "Tolibon" harakati qo‘shni davlatga raketa uchirganlarni qo‘lga olish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1424

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing