Afg‘onistondan o‘g‘irlangan vertolyotlar Ukrainaga tushmasligi kerak – Putinning vakili

Olam

image

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelganida sobiq hukumat harbiylari O‘zbekiston va Tojikistonga olib qochgan 100 ga yaqin samolyot va vertolyot Ukrainaga berilmasligi kerak. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov RIA Novostiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

“Biz uchun afg‘on harbiy rahbariyati va askarlari qochayotganda olib ketgan hamda O‘zbekiston va Tojikiston hududiga tushib qolgan vertolyot va samolyotlar Ukrainaga kirmasligi muhim. ”, degan Kabulov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonda 60 ga yaqin, O‘zbekistonda esa 40-50 chog‘li vertolyot va samolyot bor.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH 2021 yil bahorida o‘z Qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketishini e’lon qilganidan keyin “Tolibon” harakati Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa Respublikani tark etdi. 6 sentyabrda toliblar butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida e’lon qilgan bo‘lsa, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.

Afg‘onistonda hukumat ag‘darilganda afg‘on uchuvchilari nafaqat Tojikiston, balki O‘zbekistonga ham harbiy texnikalar bilan qochib o‘tgan. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashevning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yil 21 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 46 ta, Tojikistonda esa 18 ta samolyot bor edi, ular orasida Mi-17, UH-60 vertolyotlari, shuningdek, PC-12, C-208, AC-208 va A-29 samolyotlari bor.

"Tolibon" harakati rasmiy Toshkent va Dushanbega bir necha bor uchoqlarni qaytarish borasida so‘rov yuborgan. Ammo O‘zbekiston tomoni "Tolibon"ning talab qilishiga qaramay, uchoqlarni Afg‘onistonga qaytarish niyatida emas. Rasmiy Toshkent texnikalarni AQSHga topshirishga qaror qilgan. Negaki, texnikalarni afg‘on hukumatiga Vashington bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing