Afg‘onistondagi universitetlardan birida portlash sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 2 noyabr kuni Afg‘onistonning Qobul shahridagi talabalar shaharchasida portlash sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng otishma ovozlari eshitildi. Oqibatda to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olgan professor va uch talaba poytaxtdagi kasalxonalardan biriga joylashtirilgan.

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, bir muncha vaqt oldin universitet hududida portlash sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng bir guruh qurollangan odamlar universitetning yuridik fakulteti yonida otishma boshlashgan. O‘sha paytda u yerda Erondan kelgan vakillar ishtirokida, kitob ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tayotgan bo‘lgan.

Afg‘oniston maxsus kuchlarining otryadlari universitetga yuborildi. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, qurollangan odamlar yuridik fakulteti binosiga joylashib olishgan.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing