Afg‘onistonda yuz bergan 6 magnitudali zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
11 yanvar
8234O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi:
Bugun, 11 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 14:20 da (Grinvich bo‘yicha 09:20 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 36,7 gradus shimoliy kenglik, 70,34 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 6. Chuqurlik 180 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 517 km janubi-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 279 km.
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 428 km.
- Jizzax viloyatida 2 ball, 439 km.
- Samarqand viloyatida 2 ball, 441 km.
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 443 km.
- Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 466 km.
- Andijon viloyatida 2 ball, 486 km.
- Namangan viloyatida 2 ball, 492 km.
- Toshkent shahrida 2 ball, 516 km.
- Navoiy viloyatida 2 ball, 575 km.
LiveBarchasi