Afg‘onistonda o‘ldirilgan tinch aholining 43,5 foizi “Tolibon” hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Olam

image

Joriy yilning birinchi choragida Afg‘onistonda 573 fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) xabar berdi. 

UNAMA ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning birinchi choragida mamlakatda davom etayotgan zo‘ravonliklar oqibatida 1210 nafar tinch aholi yaralangan.

Joriy yilning dastlabki uch oyida mamlakatdagi tinch aholi orasida qurbonlar soni 2020 yilning shu davriga nisbatan 29 foizga oshgan.

Xabarga ko‘ra, o‘ldirilgan tinch aholi uchun javobgarlikning 43,5 foizi “Tolibon” jangarilari, 17 foizi hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi harbiy guruhlar, 5 foizi ISHID terrorchilari va qolgan qismi muxolifat guruhlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, Afg‘onistondagi to‘qnashuvlar, bomba portlashlari va suiqasdlar tinch aholi o‘limiga sabab bo‘lmoqda. 

“Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalarning borligi dahshatlidir”, deyiladi BMT missiyasi xabarida.

Ma’lumot uchun, 2003 yilda BMT Xavfsizlik Kengashi “Tolibon” harakatini terrorchilik tashkiloti, deb tan olgan. Ushbu harakat Afg‘onistonning taxminan 50 foizdan oshig‘ini nazorat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing