Afg‘onistonda sovuq va ochlik tufayli pnevmoniya avj olmoqda

Olam

image

Afg‘onistonda issiqlik yetarli darajada ta’minlanmagani sababli sovuq va to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida bolalar orasida pnevmoniya hamda boshqa nafas yo‘llari kasalliklariga chalinish holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Mamlakatni iqtisodiy inqiroz qamrab olgani sababli ko‘pincha aholi orasida oziq-ovqat va yoqilg‘i o‘rtasida tanlov qilishga to‘g‘ri kelmoqda.

Yordam agentliklarining ta’kidlashicha, inqiroz yanada yomonlashishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlarning ayol xodimlari ishlashiga taqiq qo‘yilishi qish oylarida 180 dan ortiq xalqaro tashkilotning faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi.

Bundan oldin ham 2021 yilda Tolibon hokimiyatni egallashi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy zarba Afg‘oniston yalpi ichki mahsulotining o‘tgan yili 20 foizga qisqarishiga sabab bo‘lganidan keyin aholining yarmidan ko‘pi gumanitar yordamga tayanib qolgan edi. Afg‘onistonga xorijiy hukumatlar tomonidan rivojlanish xarajatlarining qisqarishi, G‘arb sanksiyalarining qo‘llanilishi va mamlakat markaziy banki aktivlarining muzlatilishi bank tizimi ishiga jiddiy to‘sqinlik qildi.

“Bemorlarimiz avvalgiga nisbatan ko‘payishinig asosiy sababi – iqtisodiyot”, deydi Qobuldagi “Indira Gandi” bolalar shifoxonasining ichki kasalliklar bo‘limi boshlig‘i Muhammad Orif Hasanzay.

Shifoxona ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida pnevmoniya, yo‘tal, astma va boshqa nafas yo‘llari kasalliklari tufayli 6700 dan ortiq bola kasalxonaga yotqizilgan. Bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 3700 ga ko‘p.

Afg‘onistondagi bir nechta shifoxonani qo‘llab-quvvatlovchi Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi 2022 yilda pnevmoniya bilan kasallangan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar soni o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga oshganini, shuningdek, to‘yib ovqatlanmaslik bolalarning immuniteti zaiflashishiga hissa qo‘shayotganini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yil ifloslanish ham kuchaygan, chunki aholi issiqlikni ta’minlash uchun ko‘p miqdorda axlat va plastmassalarni yoqishga majbur bo‘lgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made