Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
27 iyun 2020
6748Bugun, 27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:33 da (Grinvich bo‘yicha 04:33 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik kuzatuvi Respublika markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, zilzila 36,6 gradus shimoliy kenglik va 69,86 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan. Yer silkinishining kuchi 5 magnituda, deb baholangan. Tabiiy ofatning o‘chog‘i 100 km chuqurlikda joylashgan.
“Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 522 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha joylashgan”, deyiladi xabarda.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Farg‘ona: 453 km, 2 to‘p.
Guliston: 443 km, 2 to‘p.
Jizzax: 429 km, 2 to‘p.
Samarqand: 424 km, 2 to‘p.
Termiz: 240 km, 3 to‘p.
Qarshi: 437 km, 2 to‘p.
LiveBarchasi