Afg‘onistonda Pokiston Toliboni yetakchisi o‘ldirildi

Olam

image

Pokiston harbiy kuchlari rasmiylariga ko‘ra, Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida Pokistonning “Taxriki Tolibon” guruhi rahbari o‘dirilgan. 

Harbiylar rasmiysining “Al Jazeera”ga bildirishicha, “Taxriki Tolibon”ning yetakchilaridan biri bo‘lgan Xolid Baltiy guruh matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan vaqtida Muhammad Xurosoniy nomi bilan tanilgan. 

Hukumat tomonidan guruh haqida har qanday ma’lumotni tarqatish taqiqlanganligi sababli ismi sir qolishini istagan pokistonlik harbiy "o‘ldirilgan shaxs Xolid Baltiy ekanligi aniq", deya bildirgan jurnalistlarga. 

Rasmiylar guruh rahbari qay holatda o‘ldirilganiga aniqlik kiritilishini ma’lum qilishmoqda.

Pokiston matbuotiga ko‘ra, Baltiyni noma’lum qurolli shaxs otib o‘ldirgan, lekin bu haqida hali aniq ma’lumot hech qayerda yo‘q. 

Rahnamosining o‘limi yuzasidan “Taxriki Tolibon”ning o‘zi ham rasmiy bayonot bergan. Bayonotda ta’kidlanishicha, hozirda Xolid Baltiy o‘limi yuzasidan aybdorni topish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

“Shuni yodda tutish zarurki, hozirgi kunda Muftiy Xolid Baltiy “Taxriki Tolibonda hech qanday lavozimni egallamaydi va vazifa bajarmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan guruh o‘z bayonotida. 

Aytilishicha, 40 yoshlar atrofida bo‘lgan Baltiyning asli kelib chiqishi Pokistonning shimolidagi Gilgit-Baltiston viloyatidan bo‘lgan. U 2014 yil “Taxriki Tolibon”ga rahbarlik qilgan Shayx Maqbul davrida guruh matbuot kotibi etib tayinlangan. 

Aynan o‘sha yili Pokiston harbiylari “Taxriki Tolibon”ga qarshi xavfsizlik operatsiyalarini boshlagani ortidan guruh rahnamolari va a’zolari Afg‘onistonga qochishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Taxriki Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan guruh kabi Pokistonda hukumtga qarshi tuzilgan harakatdir. Ushbu guruh 2007 yilda tashkil topganidan buyon Pokistonda bir necha qonli hujumlar va to‘qnashuvlarni amalga oshirib kelmoqda.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

424

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing