Afg‘onistonda mina portlashi oqibatida 5 nafar bola halok bo‘ldi
Olam
−
25 noyabr 2021
4519Bugun, 25 noyabr kuni Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Taxor viloyatida mina portlashi oqibatida 5 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy amaldorga tayanib, “Aamaj News” xabar berdi.
Viloyat axborot va madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, hodisa kunduzi viloyat ma’muriy markazi tumanlaridan biri – Talukan shahrida sodir bo‘lgan. Bir guruh voyaga yetmaganlar portlovchi moslamani sotish uchun shaharga olib o‘tmoqchi bo‘lganida mina portlab ketgan. Oqibatda besh nafar bola halok bo‘lgan.
Shunga o‘xshash hodisalar Afg‘onistonning turli hududlarida muntazam sodir bo‘ladi. Xususan, joriy yilning 8 noyabr kuni Uruzgon viloyatida snaryadning portlashi oqibatida uch bola halok bo‘ldi, yana besh nafari yaralandi, 3 noyabr kuni Qunduz viloyatida sodir bo‘lgan portlashda ikki bola halok bo‘ldi, besh nafari yaralandi.
LiveBarchasi