Afg‘onistonda qizlar uchun universitet va maktablar qachon ochilishi aytildi
Olam
−
28 mart 2023
6935O‘quv rejasi qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng Afg‘onistonda qizlar uchun o‘rta maktab va universitetlar ochiladi, bu ish allaqachon maxsus qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda Parvon viloyati politsiyasi rahbari Azizullo Umar Qandahorda Afg‘onistondagi Muvaqqat hukumat – “Tolibon” oliy rahbari Hibatulloh Oxundzoda bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
Umarning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” maktab va universitetlarni ochishda muammo yo‘q. Yagona muammo – o‘quv dasturi.
“Shu sababli, o‘quv dasturini ko‘rib chiqish va keyin uni olimlarga taqdim etish uchun komissiya tuzildi. Shundan so‘ng o‘qishga kirishadi”, deydi Umar.
2021 yil avgust oyida hokimiyatga kelganidan beri “Tolibon” muntazam ravishda ayollarga nisbatan ko‘proq taqiqlar kiritdi. Ularga parklar, sport zallari va hammomlarga borish taqiqlandi. Asosiy cheklovlar o‘rta maktablarda va universitetlarda o‘qishni taqiqlash bilan bog‘liq.
LiveBarchasi