Afg‘oniston Bosh vaziri Putinning vakili, Xitoy va Pokiston elchilari bilan uchrashdi

Olam

image

Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Hasan Oxund bugun, 21 sentyabr kuni Qobulda Rossiya, Xitoy va Pokiston maxsus vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda “Tolibon” harakati vakili Ahmadulla Muttaki ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov, Pokistonning Qobuldagi elchisi Mansur Ahmad Xon, shuningdek XXRning Afg‘onistondagi diplomatik missiyasi rahbari Van Yuy qatnashgan. 

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida tomonlar fuqarolik aviatsiyasi tijorat reyslari uchun Qobul aeroporti faoliyatini qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing