AES reaktorlari xavfsizligi böyiça yangi qoidalar belgilandi

Jamiyat

−

image

Adliya vazirligi tomonidan Atom elektr stansiyalaridagi reaktor qurilmalarining yadroviy xavfsizlik qoidalari davlat röyxatidan ötkazildi. Unda reaktor qurilmalarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiya qilişda xavfsizlikni ta’minlaş, avariyalarning oldini oliş, şuningdek, aholi salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça talablar belgilangan. Hujjat 2026 yil 5 noyabr kuni 3967-son bilan röyxatga olingan.

Hujjatga köra, atom elektr stansiyasi qurilişi boşlanguniga qadar reaktor qurilmasining loyiha hujjatlari işlab çiqilişi lozim. Ularda xavfsizlik uçun muhim tizimlar, ularning işonçlilik körsatkiçlari, xizmat muddati va texnik holatini nazorat qiliş vositalari belgilanişi kerak.

Loyiha hujjatlariga tegişli özgartirişlar kiritilmasdan reaktor qurilmasi va xavfsizlik uçun muhim tizimlarning tarkibi, konstruksiyasi, texnik tavsiflari hamda atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qiliş şartlarini özgartirişga yöl qöyilmaydi.

Avariyalar yuz berganda radioaktiv moddalarning atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproq, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda aholi salomatligiga körsatişi mumkin bölgan ta’siri oldindan örganilişi kerak. Şuningdek, ularning oldini oliş va ta’sirini kamaytiriş çoralari nazarda tutiladi.

Xavfsizlik uçun muhim tizimlar tayyorlaş, montaj qiliş va sozlaş jarayonida nazorat hamda sinovlardan ötkazilişi, ekspluatatsiya davrida esa davriy tekşiruvlardan ötkazib borilişi şart.

Atom elektr stansiyasi blokini energiya işlab çiqariş rejimiga olib çiqişda quvvat bosqiçma-bosqiç oşiriladi. Har bir bosqiçda rejalaştirilgan sinovlar ötkazilib, ularning natijalari tahlil qilinadi.

Yadroviy xavfli işlar reaktor qurilmasi töxtatilgan holatda, xavfsizlik çoralari va mas’ul şaxs körsatilgan maxsus işçi dastur asosida amalga oşirilişi lozim.

Bundan taşqari, xodimlarni avariya oldi vaziyatlari va avariyalarda harakat qilişga tayyorlaş maqsadida avariyaga qarşi maşğulotlar ötkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar