“Aeroflot” samolyoti Buxorodan Moskvaga uchib ketolmadi
Jamiyat
−
26 yanvar 2022 8855 1 daqiqa
Bugun, 26 yanvar kuni ertalab ob-havo sharoiti tufayli Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining samolyoti Buxoro aeroportidan parvozni amalga oshira olmadi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” ma’lum qildi.
Buxoro – Moskva (Sheremetevo) yo‘nalishi bo‘yicha AFL-1877 parvozi mahalliy vaqt bilan soat 08:10 da parvoz qilishi kerak edi. Biroq qalin tuman qoplab, ko‘rish masofasi 200 metrga yetganligi sababli parvoz avvaliga bir soatga, keyin esa kechki paytga qoldirilgan.
Aviakompaniya 153 nafar yo‘lovchi va samolyot ekipajini mehmonxonaga joylashtirishga qaror qilgan. Uchish mahalliy vaqt bilan 21:00 da belgilangan. Yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish soat 18:00 da boshlanadi.
Ayni damda Buxoroda tuman tarqalgan. Aeroport normal rejimda ishlamoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr